Onomastika Ilmiy Jurnali
Qarshi davlat universitetidagi xalqaro elektron ilmiy jurnali. 2024-yildan buyon muntazam nashr etib kelinmoqda.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qarshi davlat universitetidagi "Onomastika" xalqaro elektron ilmiy jurnali 2024 yildan 6o'shlab belgilangan grafikka muvofiq bir yilda 4 ta soni chop etiladi.
Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. "Onomastika" jurnalining Nizomi 2023-yilda Qarshi davlat universiteti Kengashi qaroriga asosan qabul qilingan.
Xalqaro elektron ilmiy jurnal 2024-yil 31-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan № 215315 raqamli guvohnoma bilan ro'yxatga olingan.
Mavzu doirasi
Taqdim etilayotgan maqola "Onomastika" jurnalining yo'nalishiga — onomastika, toponimika, antroponimika, zoonimika va boshqa ot-nomlar ilmi sohasiga mos kelishi shart.
Maqola tili
Maqolalar o'zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Annotatsiya va kalit so'zlar uchta tilda ham berilishi talab etiladi.
Maqola tarkibi (Xalqaro andoza)
- UDK — maqola mavzusiga mos UDK raqami
- Sarlavha — o'zbek va ingliz tillarida
- Muallif ma'lumotlari — ism-sharif, muassasa, daraja, email, ORCID
- Annotatsiya — 120–200 so'z, 3 tilda
- Kalit so'zlar — 5–8 ta
- Kirish — tadqiqot muammosi va maqsad
- Adabiyotlar tahlili — mavjud tadqiqotlar ko'rib chiqiladi
- Metodologiya — tadqiqot usullari
- Natijalar va muhokama — asosiy qism
- Xulosa — natijalar va takliflar
- Adabiyotlar — kamida 10–15 manba
Texnik talablar
Shrift: Times New Roman 14pt | Satr oralig'i: 1.15 | Format: A4 | Hajm: 7–10 bet
Antiplagiat
Maqola Antiplagiat tizimida tekshiriladi. Maqolaning yangilik darajasi 70% dan kam bo'lmasligi kerak.
Maqolani yuborish
Maqolani elektron pochta orqali yuboring: xojamurod@list.ru
Ish joyidan ekspert xulosasi bilan birga taqdim eting.
Faylni bu yerga tashlang yoki bosing
PDF, DOC, DOCX · Max 10MB
⚠️ Fayl admin panelga saqlanadi. Ish joyidan ekspert xulosasi bilan birga yuboring.